Қўқон университети хабарномаси 18-том (2026) · 113-115-беттер
KOMILJON IMOMOVNING AFSONA JANRI BORASIDAGI ILMIY QARASHLARI
Avazova, Lobar
Аннотация
Maqolada folklorshunos olim Komiljon Imomovning afsona janri xususidagi ilmiy qarashlari tahlilga tortilgan. Jumladan, afsonalarning janriy belgilari, tematik tasnifi, mifologik, diniy, tarixiy va toponimik kabi turlari misollar yordamida yoritilgan. Keltirilgan ma’lumotlar o‘zbek folklorshunosligining nazariy tamoyillariga tayangan. Mazkur maqolada Komiljon Imomovning afsona janri haqidagi ilmiy konsepsiyalari, uning o‘zbek folklorshunosligida afsonalarni tasniflash va janriy xususiyatlarini belgilash borasidagi xizmatlari yoritiladi. Shuningdek, olim tomonidan afsonalarning tarixiylik, ishonchlilik, bayon usuli, obrazlar tizimi va funksional vazifalariga oid ilgari surilgan qarashlar tahlil qilinadi. Afsonalarning xalqning mifologik tafakkuri, diniy e’tiqodlari, tarixiy xotirasi hamda geografik tasavvurlari bilan bog‘liqligi ochib berilib, ularning milliy madaniyat va ma’naviy merosni saqlashdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Komiljon Imomov yaratgan nazariy qarashlar afsona janrining boshqa og‘zaki nasr turlaridan farqli jihatlarini aniqlash, uning ichki tipologiyasini tizimlashtirish hamda o‘zbek folklorining poetik xususiyatlarini chuqurroq anglash imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Maqolada olimning ilmiy merosi zamonaviy folklorshunoslik nuqtai nazaridan baholanib, uning afsona nazariyasini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi.
folklor, afsona, tasnif, mifologik, diniy, tarixiy, toponimik.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.