Қўқон университети хабарномаси 18-том (2026) · 121-124-беттер
HUDUDNING ELEKTRON REPUTATSIYASI VA TANILISH INDEKSINI SHAKLLANTIRISHDA PR MENEJMENT STRATEGIYALARI
Qahhorova, O‘g‘iloy
Аңдатпа
Ushbu maqolada raqamli makonda hududning elektron reputatsiyasini shakllantirish va tanilish indeksini oshirishda PR menejment strategiyalarining o‘rni tahlil qilingan. Mintaqaviy jozibadorlikni yuksaltirish, maqsadli auditoriya bilan samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish hamda virtual muhitdagi salbiy tendensiyalarni monitoring qilish mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda hududning barqaror raqamli nufuzini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy PR texnologiyalarining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda hududlarning raqamli makondagi raqobatbardoshligini oshirishda elektron reputatsiyani strategik boshqarishning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Hududning tanilish indeksini baholashda xalqaro brending konsepsiyalari, raqamli kommunikatsiya vositalari hamda auditoriya xatti-harakatlarini tahlil qilish metodlari integratsiyalashgan holda qo‘llanilgan. Shuningdek, hududiy PR-menejmentning investitsiyaviy jozibadorlik, turizm salohiyati va ijtimoiy ishonchni mustahkamlashdagi o‘rni asoslangan. Tadqiqot natijalari hududiy axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish, raqamli platformalarda ijobiy imijni shakllantirish hamda hududlarning milliy va xalqaro miqyosdagi tanilish darajasini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
elektron reputatsiya, tanilish indeksi, PR menejment, raqamli makon, regional brending
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.