Қўқон университети хабарномаси 18-tom (2026) · 125-127-betler

O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA BANDLIK O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK TAHLILI

Mamadaliyev, Doniyorbek

Derekkózde oqıw PDF

Annotaciya

Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va bandlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik multifaktorial regressiya, korrelyatsiya hamda vaqt qatorlari tahlili usullari yordamida o‘rganilgan. Tadqiqot 2010-2025 yillarni qamrovchi statistik ma’lumotlar asosida amalga oshirilgan bo‘lib, kichik biznes subyektlari soni, ularning YaIMdagi ulushi va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi hissasi baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes subyektlari soni 1 foizga oshishi bandlik darajasini o‘rtacha 0,74 foiz punktga oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Granger sababiylik testi yordamida kichik biznesdan bandlikka qaratilgan bir tomonlama sababiylik mavjudligi aniqlangan. Hududiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Toshkent shahri va viloyatida kichik biznesning bandlikka ta’siri boshqa chekka hududlarga nisbatan 40-60 foizga yuqori. Tarmoqlar kesimidagi tahlillar agrosanoat va ishlov berish sanoatidagi korxonalar bandlik yaratish samaradorligi jihatidan savdo-xizmat sohasiga nisbatan 2-3 baravar yuqori natija berishini tasdiqladi. “Farq farqi” (DiD) usuli orqali 2017-2025 yillardagi islohotlar bandlik o‘sish sur’atini o‘rtacha 1,8 foiz punktga oshirganligi isbotlandi. 2017-2025 yillardagi me’yoriy hujjatlarning samaradorligi baholangan va muammoning yechimi bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan. Xususan, kafolat fondi hajmini oshirish, kredit foizlarini subsidiyalash va ma’muriy xizmatlarni to‘liq onlayn formatga o‘tkazish kabi chora-tadbirlar taklif etilgan.

kichik biznes, bandlik, iqtisodiy o‘sish, regressiya tahlili, O‘zbekiston, tadbirkorlik, ish o‘rinlari, YaIM, iqtisodiy siyosat, xususiy sektor

Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.

Dáyeksóz alıw

APA 7
Mamadaliyev, Doniyorbek (2026). O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA BANDLIK O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK TAHLILI. Қўқон университети хабарномаси, 18, 125-127.
GOST R 7.0.5
Mamadaliyev, Doniyorbek O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA BANDLIK O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK TAHLILI // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 18. С. 125-127.
BibTeX
@article{doniyorbek2026,
  author  = {Mamadaliyev, Doniyorbek},
  title   = {O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA BANDLIK O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK TAHLILI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {18},
  pages   = {125-127}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Mamadaliyev, Doniyorbek
TI  - O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA BANDLIK O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK TAHLILI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 18
SP  - 125
EP  - 127
ER  -