Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 18 (2026) · Саҳифаҳои 131-134

KICHIK KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI

Tashxodjayev, Muxammad-Yunusxon

Дар манбаъ хондан PDF

Аннотатсия

Maqola kichik korxonalarda ishlab chiqarish quvvatini boshqarishning nazariy asoslarini yagona tizimga keltirishga bag‘ishlangan. Mavzuning dolzarbligi ikki holat bilan izohlanadi. Birinchidan, O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik iqtisodiyotning yetakchi bo‘g‘iniga aylangan bo‘lib, kichik korxonalar ixtiyoridagi quvvatlarni oqilona boshqarish umummilliy iqtisodiy o‘sishning sezilarli zaxirasi hisoblanadi. Ikkinchidan, amaliyotda kichik korxonalar quvvatni ko‘pincha tizimli ilmiy asosda emas, balki intuitiv tajribaga tayanib boshqaradi; buning sababi quvvatni boshqarish nazariyasining iqtisodiyot nazariyasi, operatsion menejment va umumiy boshqaruv fanlari o‘rtasida tarqoq holda shakllanganidir. Maqolada ishlab chiqarish quvvatining mohiyati ochib berilib, u ishlab chiqarish dasturidan farqlanadi va uning turlari (loyihaviy, kirish, chiqish, o‘rtacha yillik) tizimlashtiriladi; o‘rtacha yillik quvvatni hisoblash formulasi keltiriladi. Operatsion menejment an’anasidagi effektiv quvvat tushunchasi asosida quvvatdan foydalanish darajasi va samaradorlik ko‘rsatkichlari farqlanib, bu farqlanish quvvat yo‘qotilishining ikki manbasini – texnik-tashkiliy cheklovlar va operativ yo‘qotishlarni – ajratish imkonini berishi asoslanadi. Maktablar sintezi asosida boshqaruvning oltita tamoyili (tizimlilik, muvozanatlilik, moslashuvchanlik, uzluksizlik, iqtisodiy samaradorlik, jamlanganlik) va Fayol funksiyalarining quvvatga nisbatan mazmuni ochib beriladi. Boshqaruvning markaziy amaliy vazifasi sifatida texnologik zanjir bo‘g‘inlari quvvatlarini muvozanatlash va tor joylarni bartaraf etish, shuningdek quvvat zaxirasi (cushion) hajmini belgilash qarori ko‘rsatiladi.

ishlab chiqarish quvvati, quvvatni boshqarish, kichik korxona, ilmiy boshqaruv, cheklovlar nazariyasi, ishlab chiqarish strategiyasi, quvvat strategiyasi, boshqaruv tamoyillari

Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.

Иқтибос гирифтан

APA 7
Tashxodjayev, Muxammad-Yunusxon (2026). KICHIK KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI. Қўқон университети хабарномаси, 18, 131-134.
GOST R 7.0.5
Tashxodjayev, Muxammad-Yunusxon KICHIK KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 18. С. 131-134.
BibTeX
@article{muxammad-yunusxon2026,
  author  = {Tashxodjayev, Muxammad-Yunusxon},
  title   = {KICHIK KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {18},
  pages   = {131-134}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Tashxodjayev, Muxammad-Yunusxon
TI  - KICHIK KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 18
SP  - 131
EP  - 134
ER  -