Қўқон университети хабарномаси 18-tom (2026) · 141-144-betler
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA YASHIL MOLIYALASHTIRISH KO‘RSATKICHLARI TAHLILI VA UNING BARQAROR RIVOJLANISHDAGI O‘RNI
Xamrayeva, Sevinch, Foziljonov, Ibroximjon
Annotaciya
Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklari faoliyatida yashil moliyalashtirish mexanizmlarining rivojlanish tendensiyalari va ularning mamlakat ekologik-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi institutsional o‘rni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq makroiqtisodiy xavflar, xususan, tabiiy ofatlar va ekologik inqirozlarning yalpi ichki mahsulot dinamikasiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sir mexanizmlari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, tijorat banklarining yashil kredit portfeli tarkibi, ularning tarmoqlar kesimida taqsimlanishi hamda barqarorlik obligatsiyalari bozorining shakllanish jarayonlari chuqur o‘rganilgan. Maqolada rivojlangan davlatlarning yashil moliyalashtirish sohasidagi ilg‘or tajribasi O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan holda qiyosiy tahlil qilinib, milliy bank tizimida yashil moliyaviy instrumentlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari nafaqat akademik doiralar, balki tegishli davlat boshqaruv organlari va bank-moliya institutlari uchun ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ular yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini shakllantirishda foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
yashil moliya, tijorat banklari, iqlim xavflari, barqarorlik obligatsiyalari, ESG, CO₂ emissiyasi, qayta tiklanuvchi energiya
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.