Қўқон университети хабарномаси Volume 19 (2026) · pp. 51-55
RAQAMLI AXBOROT MAKONIDA YANGILIK JANRINING SHAKLLANISHI VA LINGVISTIK-KOMPOZITSION MEZONLARI
Ahmedov, Davronbek
Abstract
Maqolada yangilik janrining tarixiy shakllanishi, raqamli media muhitidagi taraqqiyoti va uni tavsiflovchi lingvistik-kompozitsion mezonlar tahlil qilinadi. Yangilikning qadimgi rasmiy xabarlardan bosma matbuot, efir va internet nashrlarigacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari umumlashtiriladi. Jahon, rus va o‘zbek tilshunosligidagi nazariy qarashlar asosida yangilik matnining makrostruktura, superstruktura va mikrostruktura qatlamlari, hard news hamda inson omiliga asoslangan yangiliklar farqi, shuningdek, yangilik matni bilan yangilik diskursi o‘rtasidagi munosabat yoritiladi. Tahlil natijasida yangilik janrini dolzarblik, faktuallik, kompozitsion ixchamlik, mavzuiy yo‘nalish, media kanal va auditoriyaga moslashuv birligida o‘rganish lozimligi asoslanadi. Maqolada, shuningdek, raqamli axborot makonida yangilik janrining transformatsiyasi, an’anaviy jurnalistik me’yorlarning yangi media imkoniyatlari bilan uyg‘unlashuvi va yangilik matnining multimodal xususiyatlari yoritiladi. Sarlavha, lid, asosiy matn, iqtibos va manba ko‘rsatkichlarining o‘zaro munosabati orqali axborotni mazmuniy va kommunikativ jihatdan tashkil etish mexanizmlari aniqlanadi. Raqamli platformalarda yangilikning qisqarishi, tezkor yangilanishi, gipermatnli bog‘lanishlar bilan boyitilishi hamda foydalanuvchi ishtirokining kuchayishi janrning an’anaviy chegaralarini kengaytirayotgani ko‘rsatiladi. Shuningdek, yangilik matnida informativlik va ta’sirchanlik, aniqlik va ekspressivlik, tezkorlik va ishonchlilik o‘rtasidagi muvozanat janrning kommunikativ samaradorligini belgilovchi omillar sifatida talqin qilinadi.
yangilik janri, yangilik matni, yangilik diskursi, raqamli media, sarlavha, lid, makrostruktura, superstruktura
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.