Қўқон университети хабарномаси 16-jild (2025) · 199-201-betlar
“GO‘RO‘G‘LI” TURKUMIDAGI AKSIOLOGIK TIZIM ( To‘rt qadriyat klasterining tipologik tahlili)
Teshaboyeva, Z.V.
Annotatsiya
Maqolada “Go‘ro‘g‘li” turkumi (to‘rt doston: “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Yunus pari”, “Hasanxon”, “Avazxonning o‘limga hukm etilishi” hamda “Xiromon Dali”) matni kontent-tahlil va aksiologik tasniflash metodlari orqali tadqiq etilib, turkumdagi qadriyatlar tizimi to‘rt o‘zaro bog‘liq klasterga ajratiladi: 1) jasorat, mardlik va vatanparvarlik; 2) oila, ota-ona hurmati va nasl davomiyligi; 3) vafodorlik, do‘stlik-birodarlik va insonparvarlik; 4) adolat, halollik va mehnatsevarlik. Har bir klaster ichida yana bir necha aniq yo‘nalish (jami yigirma oltita) ajratilib, ular matndan olingan bevosita iqtiboslar bilan asoslanadi. To‘rt klaster bir-birini takrorlamaydi, balki inson hayotining to‘rt konsentrik doirasi – jamoat maydoni, oila, shaxslararo munosabatlar va ijtimoiy-huquqiy tizim – bo‘yicha tizimli taqsimlangan. Barcha to‘rt klaster maktab ta’limida ma’naviy-axloqiy tarbiya vositasi sifatida qo‘llash uchun tizimli aksiologik asos yaratadi.
“Go‘ro‘g‘li” turkumi, aksiologik tizim, qadriyatlar klasteri, jasorat, oila qadriyati, vafodorlik, adolat, tipologik tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.