Қўқон университети хабарномаси 18-том (2026) · 198-201-беттер
“GO‘RO‘G‘LI” TURKUMIDAGI DOSTONLARDA NASIHAT-VASIYAT (DIDAKTIK MONOLOG) MEXANIZMINING TIPOLOGIK TAHLILI
Teshaboyeva, Z.V.
Аңдатпа
Mazkur maqolada “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlarda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng keng tarqalgan badiiy-pedagogik mexanizmi – nasihat-vasiyat (didaktik monolog) – tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi – nasihat-vasiyat parchalarining doston matnlaridagi barqaror turlarini aniqlash va ularni pedagogika nazariyasi bilan nazariy bog‘lashdir. Tadqiqot ob’ekti sifatida olti doston (“Avazxonning o‘limga hukm etilishi”, “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Yunus pari”, “Xiromon Dali”, “Qirq yigit bilan qirq qiz”, “Zulfizar”, “Besh podshoning Chambilga yov bo‘lib kelishi”, “Sarvinoz”) tanlandi. Natijada nasihat-vasiyatning yetti aniq tipologik turi aniqlandi: safar oldi nasihati, hokimiyat/vazifa topshirish nasihati, nikoh nasihati, vasiyat, ustoz-shogird nasihati, jang oldi da’vati va o‘z-o‘zini tanqid nasihati. Har bir tur ijtimoiy maqom, murojaat yo‘nalishi va hissiy-funksional ustuvorlik mezonlari bo‘yicha tasniflandi. Xulosa qilinadiki, nasihat-monolog kognitiv, emotsional-qiymat va xulq-atvor funksiyalarini birlashtiruvchi to‘laqonli tarbiyaviy vosita bo‘lib, uning barqaror badiiy-shakliy belgilari (buyruq mayli, refren, shaxsiylashtirilgan murojaat) pedagogik samaradorligini oshiradi.
nasihat-vasiyat, didaktik monolog, “Go‘ro‘g‘li”, pedagogik mexanizm, ma’naviy-axloqiy tarbiya, ishontirish metodi, tipologiya.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.