Қўқон университети хабарномаси Том 19 (2026) · с. 81-85
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIYNING TA’LIM KONSEPSIYASI
Baxtiyorova, Mo‘minaxon
Аннотация
Maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziyning ta’lim konsepsiyasi ilk bor yaxlit didaktik tizim sifatida, birlamchi o‘quv matnlari asosida tahlil qilindi. Tadqiqotning manbaviy asosini “To‘la asarlar to‘plami”ning 2-jildida “Pedagogik risolalar” umumiy sarlavhasi ostida berilgan matnlar – “Yengil adabiyot”, “Axloqiy hikoyalar” va “Ikkinchi sinf uchun” bo‘limlari tashkil etadi. Tahlil birligi sifatida muallifning o‘zi belgilagan birlik – dars olindi. Tahlil makro-, mezo- va mikrodarajalarda, manbalarning ishonchliligini baholashning uch darajali (A, B, V) shkalasi asosida olib borildi. Tadqiqot natijasida ta’lim maqsadining uch qatlamli ierarxiyasi (diniy burchning sharti – inson bo‘lishning o‘lchovi – ijtimoiy illatlarni bartaraf etish vositasi), “Yengil adabiyot”ning olti tematik blokdan tashkil topgan makrostrukturasi, “bayt – nasriy izoh – hikoya” uch qismli metodik apparati va antonimik juftlik tamoyili aniqlandi hamda Hamza didaktikasining sakkizta tamoyili rekonstruksiya qilindi. Muallif so‘zboshisining didaktik tahlili darslik yaratishda loyihali yondashuv – maqsadli auditoriya, o‘quv yuklamasining dozasi, til saviyasi va bosqichlararo uzviylikning oldindan belgilanganini ko‘rsatdi. Shu asosda darsliklarni faqat “ehtiyoj mahsuli” deb baholashning yetarli emasligi asoslanadi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy, pedagogik meros, milliy didaktika, jadid pedagogikasi, “Yengil adabiyot”, o‘quv qo‘llanma, didaktik rekonstruksiya, antonimik juftlik, manba ishonchliligi, o‘quv yuklamasi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.