Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 19 (2026) · Саҳифаҳои 93-97
SHE’RIYATDA MUHABBAT VA HIJRON KECHINMALARINING BADIIY TALQINI (Shuhrat ijodi misolida)
Soatova, Nodira
Аннотатсия
Maqolada Shuhratning “Ikkimiz kezardik” va “Qarshimizdan soy chiqqanda” she’rlarida muhabbat, go‘zallik, ma’naviy mas’uliyat, ayriliq va hijron kechinmalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi Shuhrat she’riyatida muhabbat va hijron kechinmalarining badiiy talqinini aniqlash, lirik qahramon ruhiyatini ifodalashdagi badiiy vositalarni ochish hamda tabiat va ramziy obrazlarning poetik vazifasini belgilashdan iborat. Shu bois maqolada shoirning tabiat obrazlari, ramz, metafora, tashxis, antiteza, leksik va sintaktik takror, parallelizm kabi poetik vositalardan foydalanish mahorati yoritiladi. “Ikkimiz kezardik” she’rida gul, g‘uncha, bog‘ va “uvol” tushunchalarining axloqiy-estetik mazmuni, “Qarshimizdan soy chiqqanda” she’rida esa “sharob”, “g‘am-g‘ussa”, “hijron sahrosi” obrazlarining ramziy xususiyatlari ochib beriladi. Shuningdek, shoirning muhabbatni faqat shaxsiy-hissiy munosabat emas, balki insonning axloqiy va ma’naviy qiyofasini belgilaydigan qadriyat sifatida talqin qilishi asoslanadi. Tahlil natijalari Shuhrat lirikasida muhabbat va hijronning bir-birini to‘ldiruvchi ruhiy holatlar sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
muhabbat, hijron, sog‘inch, ayriliq, armon, lirik qahramon, ruhiy kechinma, ramz, tabiat obrazi, xalqona tafakkur, psixologizm, badiiy talqin.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.