Қўқон университети хабарномаси Volume 19 (2026) · pp. 104-107
TOMAS HARDE VA XURSHID DO‘STMUHAMMAD IJODIDA TABIAT KONTSEPTI
Qodirova, Madina
Abstract
Maqolada Tomas Harde va Xurshid Do‘stmuhammad nasrida tabiat konseptining badiiy-poetik tuzilishi qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Tadqiqotda tabiat oddiy peyzaj yoki voqealar foni sifatida emas, balki makon, vaqt, ruhiyat, axloqiy baholash va ramziy ma’nolarni birlashtiruvchi mualliflik konsepti sifatida qaraladi. Tomas Hardening “Tess of the d’Urbervilles”, “The Return of the Native”, “The Woodlanders” romanlaridagi Uesseks, Egdon hiti, fasllar, o‘rmon va tirik mavjudotlar obrazlari; Xurshid Do‘stmuhammadning “Erta bahor”, “Umid guli”, “Chayongul” asarlaridagi bog‘, gul, shamol, bulut, bahor va zoomorf timsollar tahlilga tortildi. Natijada Harde poetikasida tabiat insondan mustaqil, uzoq tarixiy xotiraga ega makon sifatida, Do‘stmuhammad ijodida esa inson ichki olamini ochuvchi psixologik va ramziy kod sifatida faollashishi aniqlandi.
tabiat konsepti, badiiy konsept, peyzaj, Uesseks, Egdon hiti, ruhiyat, ramz, fasl, ekotanqid, qiyosiy poetika.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.