Қўқон университети хабарномаси 19-tom (2026) · 108-111-betler

VOLA SHE’RIYATIDA AN’ANA VA IJODIY INDIVIDUALLIK

Asqarov, Dilmurod

Derekkózde oqıw PDF

Annotaciya

Mazkur maqolada XVIII asr oxiri – XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan Vola she’riyatining an’ana va ijodiy individuallik munosabati doirasidagi poetik tabiati tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy e’tibori shoirning mumtoz adabiyotda shakllangan obrazlar, badiiy san’atlar va poetik modellarni o‘zlashtirish jarayonida ularga yangi mazmuniy-estetik vazifa yuklash xususiyatlariga qaratiladi. Vola ijodining Alisher Navoiy va Hofiz kabi mumtoz adabiyot namoyandalari poetik an’analari bilan aloqasi ijodiy ta’sirning oddiy takrori sifatida emas, balki an’anaviy badiiy tajribaning individual poetik tafakkur asosida qayta shakllanishi sifatida talqin qilinadi. Shu nuqtayi nazardan shoir lirikasida an’ana va yangilikning o‘zaro munosabati badiiy obrazlarning semantik transformatsiyasi orqali namoyon bo‘lishi asoslanadi. Maqolada tarixiy-adabiy, qiyosiy-tipologik, poetik hamda semantik-stilistik tahlil usullaridan foydalanilib, Vola poetikasidagi obrazlarning alohida xususiyatlari bilan bir qatorda, ularning tizimli munosabatlari ham aniqlanadi. Natijada shoir badiiy tafakkurida an’anaviy obrazning tanlanishi, uning yangi semantik munosabatga kiritilishi va yakunda psixologik-falsafiy umumlashmaga aylantirilishidan iborat poetik jarayon mavjudligi ko‘rsatiladi. Tadqiqot Vola ijodining mumtoz poetik an’analarni davom ettirish bilan birga, ularni individual estetik idrok va badiiy tafakkur orqali qayta talqin qilganini asoslashga xizmat qiladi. Shu jihatdan maqolada Vola she’riyati an’ana va ijodiy individuallikning o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida shakllangan mustaqil poetik hodisa sifatida baholanadi.

Vola, o‘zbek mumtoz adabiyoti, mumtoz she’riyat, an’ana, ijodiy individuallik, poetik tafakkur, badiiy obraz, obraz transformatsiyasi, metaforizatsiya, g‘azal, muxammas, Navoiy an’anasi, Hofiz, intertekstual aloqa, tazod, tashbeh, istiora, irfoniy lirika, psixologik lirika, falsafiy lirika, lirik subyekt, taxallus, poetik model.

Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.

Dáyeksóz alıw

APA 7
Asqarov, Dilmurod (2026). VOLA SHE’RIYATIDA AN’ANA VA IJODIY INDIVIDUALLIK. Қўқон университети хабарномаси, 19, 108-111.
GOST R 7.0.5
Asqarov, Dilmurod VOLA SHE’RIYATIDA AN’ANA VA IJODIY INDIVIDUALLIK // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 19. С. 108-111.
BibTeX
@article{dilmurod2026,
  author  = {Asqarov, Dilmurod},
  title   = {VOLA SHE’RIYATIDA AN’ANA VA IJODIY INDIVIDUALLIK},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {19},
  pages   = {108-111}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Asqarov, Dilmurod
TI  - VOLA SHE’RIYATIDA AN’ANA VA IJODIY INDIVIDUALLIK
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 19
SP  - 108
EP  - 111
ER  -