Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 19 (2026) · Саҳифаҳои 117-121

ADABIY TA’LIMDA O‘QUV TOPSHIRIQLARINING TURLARI VA DIDAKTIK XUSUSIYATLARI

Rasulova, Gulbaxor

Дар манбаъ хондан PDF

Аннотатсия

Mazkur maqolada adabiy ta’limda o‘quv topshiriqlarining o‘rni, mazmun-mohiyati, turlari va tavsifiy jihatlari tahlil qilinadi. O‘quv topshiriqlarining an’anaviy va pragmatik turlari, ularning mashqlardan farqli xususiyatlari hamda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, topshiriqlarni tuzishda o‘quvchilarning mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish, badiiy matnni o‘qib tushunish, tahlil qilish, munosabat bildirish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Adabiy ta’limda o‘quv topshiriqlarini Blum taksonomiyasi asosida tizimlashtirishning metodik imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada topshiriqlardan samarali foydalanish adabiy-nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning muhim vositasi ekanligi asoslanadi. Tadqiqotda o‘quv topshiriqlarining faqat bilimni mustahkamlovchi vosita emas, balki o‘quvchining badiiy matn bilan faol ishlashini ta’minlovchi metodik mexanizm sifatidagi imkoniyatlari ochib beriladi. O‘quv topshiriqlarini mazmun, maqsad, kognitiv murakkablik darajasi va bajarish usuliga ko‘ra tizimlashtirish orqali adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, matnni dalillar asosida talqin qilishi, estetik munosabat bildirishi hamda ijodiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari asoslanadi. Shuningdek, topshiriqlarni oddiy reproduktiv faoliyatdan muammoli, tahliliy va ijodiy faoliyatga bosqichma-bosqich yo‘naltirishning didaktik samaradorligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari adabiyot darslari uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishda maqsadga muvofiqlik, izchillik, differensiallik, matnga tayanish va natijadorlik mezonlarini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.

adabiy ta’lim, o‘quv topshirig‘i, savol-topshiriq, mashq, an’anaviy topshiriq, pragmatik topshiriq, badiiy matn, mustaqil faoliyat, tanqidiy fikrlash, ijodiy tafakkur, adabiy-nutqiy ko‘nikma, kompetensiya, Blum taksonomiyasi, tahlil, sintez, baholash.

Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.

Иқтибос гирифтан

APA 7
Rasulova, Gulbaxor (2026). ADABIY TA’LIMDA O‘QUV TOPSHIRIQLARINING TURLARI VA DIDAKTIK XUSUSIYATLARI. Қўқон университети хабарномаси, 19, 117-121.
GOST R 7.0.5
Rasulova, Gulbaxor ADABIY TA’LIMDA O‘QUV TOPSHIRIQLARINING TURLARI VA DIDAKTIK XUSUSIYATLARI // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 19. С. 117-121.
BibTeX
@article{gulbaxor2026,
  author  = {Rasulova, Gulbaxor},
  title   = {ADABIY TA’LIMDA O‘QUV TOPSHIRIQLARINING TURLARI VA DIDAKTIK XUSUSIYATLARI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {19},
  pages   = {117-121}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Rasulova, Gulbaxor
TI  - ADABIY TA’LIMDA O‘QUV TOPSHIRIQLARINING TURLARI VA DIDAKTIK XUSUSIYATLARI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 19
SP  - 117
EP  - 121
ER  -