Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Том 4 № 04 (2024) · с. 337-343
KONSOLIDATSIYALASHGAN MOLIYAVIY HISOBOTNI TUZISHNING XORIJ TAJRIBASI VA UNDAN RESPUBLIKAMIZ IQTISODIYOTIDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Eshonqulov Azamat Abdiraximovich
Аннотация
Ushbu maqolada konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish bo'yicha xorijiy tajriba va uning Respublikamiz iqtisodiyotida qo'llanilishi istiqbollari tahlil qilinadi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot, korporativ guruhning umumiy moliyaviy holatini ko'rsatib beruvchi muhim vositadir. Xorijiy mamlakatlarning tajribasi, xususan, AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan davlatlarning hisobot tizimlari, moliyaviy shaffoflikni ta'minlash va investorlarga aniq ma'lumot yetkazish borasida yuqori samaradorlikka ega ekanligi ko'rsatilgan. Mazkur tajribalarni o'rganish va tatbiq etish orqali mamlakatimiz korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy bozorni rivojlantirish va xalqaro investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada Respublikamizda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklar va ularni hal qilish bo'yicha tavsiyalar ham keltirilgan. Mazkur tahlillar va tavsiyalar respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot, xorijiy tajriba korporativ boshqaruv, moliyaviy shaffoflik, investitsiyalar, xalqaro standartlar, moliyaviy hisobot.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.