Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 4-jild 04-son (2024) · 501-505-betlar
XALQARO INVESTITSIYA MUNOSABATLARINING DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Z.M.Muqimov, Sayfullayev Sirojjon Ikrom og‘li
Annotatsiya
Maqolada investitsiyalarning davlat tomonidan tartibga solinishining samarali yo‘llari va yechimlari ko‘rib chiqiladi. Jumladan birinchidan, investitsiyaning o’ziga va investitsiya faoliyatining obyektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog’liqligi ta’kidlab o’tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan ta’rifning o’zidayoq investitsiya jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya’ni jamg’armalar (resurslar), qo’yilma mablag’lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq va ravshan ko’rsatib o’tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv investitsiya faoliyatning bozor munosabatlariga o’tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta’minlab beradi.
investitsiya, aksiya, obligasiyalar, sof foyda, kredit, xarajat, davlat korxona, texnologiya, omonatlar, banklar, foyda, amortizasiya, soliq.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.