Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 4-том Maxsus-сан (2024) · 353-363-беттер
IQTISODIY O‘SISHDA EKOLOGIK CHEKLOVLARNI TIZIMLI MODELLASHTIRISH
Ismailova Maxbuba Mirxalilovna
Аннотация
Mazkur maqola O‘zbekiston va global tajriba asosida iqtisodiy o‘sish jarayonida ekologik cheklovlarni tizimli modellashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tahlil davomida iqtisodiy rivojlanishning ekologik barqarorlikka bog‘liqligi nazariy asoslari, ularni matematik va tizimli yondashuv asosida modellashtirish usullari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishning kengayishi, resurslar tanqisligi, chiqindilar hajmining o‘sishi kabi omillar iqtisodiy tizimga qanday ta’sir ko‘rsatishi chuqur o‘rganildi. Tadqiqot Namangan viloyati sanoat korxonalari misolida amaliy asosda olib borilib, ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan birga ekologik yukni kamaytirish imkoniyatlari aniqlab berildi. Maqola davomida ekologik cheklovlarni yumshatish uchun davlat tomonidan ekologik talablarni kuchaytirish, yashil texnologiyalarni rag‘batlantirish, resurslardan tejamkor foydalanishni rag‘batlantirish kabi chora-tadbirlar taklif etildi.
Iqtisodiy o‘sish, ekologik cheklovlar, tizimli modellashtirish, barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, ekologik indikatorlar, resurs tanqisligi, chiqindilar boshqaruvi, energiya samaradorligi, ekologik barqarorlik, sanoat ekologiyasi, atrof-muhit muhofazasi, resurslardan tejamkor foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya, prognozlash modeli, iqtisodiy samaradorlik, matematik modellashtirish.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.