Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 4-том 07-сан (2024) · 235-241-беттер
OZIQ-OVQAT TARMOG’INI MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDAGI ALOHIDA XUSUSIYATLARI
Ibragimov G'anijon G'ayratovich
Аннотация
Ushbu maqolada mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida oziq-ovqat sanoatining o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Ushbu maqolada, oziq-ovqat tarmog‘ining iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, mahalliy bozorni qo‘llab-quvvatlash, va eksport potentsialini oshirish kabi asosiy xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Maqolada, O‘zbekistonning oziq-ovqat tarmog‘i qishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi, bu esa iqtisodiy barqarorlik va milliy oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynashi tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu tarmoqning rivojlanishi orqali mahalliy va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola doirasida milliy va xorijiy olimlarning ilmiy nazariy-fikrlari hamda amaliy tajribalari asosida oziq-ovqat tarmog‘ining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rnini baholash uchun ilmiy tahlillar amalga oshiriladi. Ushbu maqola O‘zbekiston oziq-ovqat tarmog‘ining istiqbollari, uni rivojlantirishning samarali strategiyalari va iqtisodiy o‘sishga qo‘shadigan hissasi haqida ko‘proq bilishni istagan olimlar, tadqiqotchilar va siyosat ishlab chiquvchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
oziq-ovqat tarmog‘i, iqtisodiy rivojlanish, qishloq xo‘jaligi, O‘zbekiston iqtisodiyoti, oziq-ovqat xavfsizligi, mahalliy bozor, eksport potentsiali, ish o‘rinlari yaratish, barqaror rivojlanish, iqtisodiy barqarorlik.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.