Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Ҷилди 4 № 09 (2024) · Саҳифаҳои 96-101
MINTAQADA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANISHINING QISQA VA UZOQ MUDDATLI TENDENSIYALARINI BAHOLASH.
Egamov Sevinchbek Maxsud o‘g‘li
Аннотатсия
Ushbu maqola mintaqada ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli tendensiyalarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, texnologiyalarni joriy etish va ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilish masalalari yoritilgan. Qisqa muddatli rivojlanish tendensiyalari sifatida o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash va raqamli texnologiyalardan foydalanish misol keltiriladi. Uzoq muddatli tendensiyalar esa ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish, global raqobatbardoshlikni oshirish hamda texnologik bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bilan bog‘liq.Maqola ta’lim tizimining rivojlanishida iqtisodiy, demografik va texnologik omillarning ahamiyati, shuningdek, xalqaro tajriba va hamkorlikning o‘rni haqida so‘z yuritadi. Muallif ta’limni raqamlashtirish va kelajak kasblari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni o‘quv dasturlariga kiritish muhimligini ta’kidlaydi. Yakunida esa ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va mehnat bozori talablariga moslashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi mintaqadagi ta’lim sifati va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
oliy ta’lim, innovatsiya, biznes, tendensiya, innovatsion rivojlanish, model, texnopark, mehnat bozori, regression tahlil.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.