Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 4-tom 09-san (2024) · 430-437-betler
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA DAVLAT XARIDLARINING IQTISODIY SAMARASINI OSHIRISH YO‘LLARI
Turabov Sarvar Abdumalikovich
Annotaciya
Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalarida davlat xaridlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rganadi. Davlat xaridlari oliy ta’lim muassasalarining rivojlanishida va davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona foydalanishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda elektron davlat xaridlari tizimining joriy etilishi, raqobatbardosh tender jarayonlari va innovatsion texnologiyalarning, xususan, blokcheynning joriy etilishi orqali shaffoflik va samaradorlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ekologik barqaror xaridlar (yashil xaridlar) iqtisodiy va ekologik samaradorlikka erishishda muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Xalqaro tajribalar asosida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida davlat xaridlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Oliy ta’lim muassasalari, davlat xaridlari, iqtisodiy samaradorlik, elektron davlat xaridlari, raqobatbardosh xaridlar, blokcheyn texnologiyalari, ekologik barqaror xaridlar, yashil xaridlar, shaffoflik.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.