Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 5-tom 02-san (2025) · 230-239-betler
TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINI TARTIBGA SOLISHDA PUL-KREDIT SIYOSATI INSTRUMENTLARINING O‘ZIGA XOS XUSISIYATLARI
Sulaymanov Samandarboy Adhambek o‘g‘li
Annotaciya
Ushbu maqola tijorat banklarining likvidligini boshqarishning iqtisodiy barqarorlik va ishonchli faoliyat uchun muhimligini tahlil qiladi. Unda pul-kredit siyosati instrumentlari, xususan, ochiq bozor operatsiyalari, majburiy zaxira talablari, qayta moliyalashtirish mexanizmlari va banklararo kreditlash tizimining xalqaro va O‘zbekiston tajribasidagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2015-yilda qabul qilingan nizom va 2024-yilda tasdiqlangan favqulodda kreditlar ajratish tartibi asosida banklar likvidligini boshqarish amaliyoti, shuningdek, UZONIA va asosiy stavkaning dinamikasi tahlil qilingan. Maqolada iqtisodiy nazariyalar (Keynes, Friedman, Tobin, Mundell, Bernanke va boshqalar) va tajriba asosida metodologik yondashuvlar yoritilib, bank tizimidagi moliyaviy risklarni kamaytirish, axborot almashinuvi va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar va takliflar berilgan.
pul kredit siyosati, UZONIA, inflyatsiya, moliyaviy barqarorlik, kredit, majburiy zaxira, inflyatsion targetlash, innovatsion texnologiyalar, elektron to‘lov tizimlari, likvidlilik .
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.