Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 4-tom 10-san (2024) · 369-374-betler
IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI TURISTIK JOYLARNI REKLAMA QILISH VA MIJOZLAR BILAN SAMARALI ALOQA O‘RNATISH.
Musirmanov Shohboz Usmon o‘g‘li
Annotaciya
Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda turizm sohasida reklama qilish va mijozlar bilan samarali aloqa o‘rnatish uchun muhim vositalardan biri hisoblanadi. Turistik obyektlar va xizmatlarni ommalashtirish, yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan yaqin munosabatda bo‘lish uchun ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali joylashtirilgan foto va video kontentlar orqali turistik joylarning go‘zalligini va ularning jozibadorligini ko‘rsatish mumkin. Maqsadli reklama yordamida esa faqat kerakli auditoriyaga reklama yetkazib, bu orqali reklamaning samaradorligini oshirish va mijozlarga individual yondashish mumkin. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar mijozlar bilan muloqotni osonlashtiradi: savollarga tezkor javob berish, mijozlarning sharhlarini kuzatish va ularga munosabat bildirish orqali tashkilot o‘z xizmatlarini takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa mijozlarning qoniqishini oshirib, ularni qayta-qayta turizm xizmatlaridan foydalanishga undaydi.
Turizm, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli marketing, reklama, mijozlar bilan aloqa, maqsadli reklama, kontent marketing, vizual content, mijoz qoniqishi, brendni ommalashtirish.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.