Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Том 4 № 11 (2024) · с. 179-185
IQTISODIY RIVOJLANISH BARQARORLIGINI TA`MINLASH ASOSLARI
Jumayeva Dilafro'z Xamroyevna
Аннотация
Iqtisodiy tizim barqarorligini ta’minlash mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi davrdagi muhim muammosi hisoblanadi. Iqtisodiy tizim barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni pisand qilmaslik iqtisodiy va ijtimoiy nomutanosibliklarning kuchayishiga, ishlab chiqarish pasayishining jadallashishiga, ishsizlikning oshishiga, inflyatsiya va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Mazkur hodisalar majmui, o‘z navbatida, davlat iqtisodiy xavfsizligining kamayishiga va yo‘qotilishiga hamda aholi turmush darajasining keskin pasayishiga olib keladi. Shuning uchun iqtisodiy barqarorlikni muntazam ta’minlab borish iqtisodiyot taraqqiyotining eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Maqolada shu kabi masalalarning nazariy-metodologik jihatlari muhokama etiladi.
Iqtisodiy barqarorlik, metod, moliya, rentabellik, ishsizlik, xavfsizlik, turmush darajasi, tizim.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.