Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Том 4 № 11 (2024) · с. 367-378
IQTISODIY MUTANOSIBLIKNING SHAKLLARI VA TURLARI
Murtazayev Isabek Bazarbayevich
Аннотация
Iqtisodiy mutanosiblik ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ma'lum barqarorlik doirasida bo‘lishi lozim. Agar ushbu doiradan chiqib ketsa, u buziladi va buning oqibatida nomutanosiblik vujudga keladi. Ammo, iqtisodiy mutanosiblik uzoq vaqt barqaror bo‘la olmaydi. Demak, mutanosiblik nisbiy bo‘lib, umumiy mutanosiblikka ma'lum darajadagi nomutanosiblik orqali erishiladi. Chunki, ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlar ishlab chiqarish hajmiga qaraganda ustuvor o‘sish xususiyatiga ega. Shu bilan bog‘liq holda, fan-texnika taraqqiyoti tufayli yangi ishlab chiqarish tarmoqlari va sohalari vujudga kelib, eskilari esa doimo barham topib turadi. Ushbu maqolada, iqtisodiyot yangi bozor va texnologik taraqqiyotga tez moslasha oladigan va nomutanosiblik yuz berganda, mazkur vaziyatdan qulay holatda chiqib keta oladigan darajada bo‘lganda yangi iqtisodiy mutanosiblikka erisha olishi to‘g‘risida fikr yuritilgan.
ijtimoiy-iqtisodiy mutanosiblik, ishlab chiqarish resurslari, bozor mexanizmi, iqtisodiy jarayon, makroiqtisodiy barqarorlik, talab va taklif, iqtisodiy o‘sish, hududlararo nomutanosiblik, iqtisodiy regulyator, mehnat taqsimoti, zamonaviy bozor iqtisodiyoti.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.