Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Ҷилди 5 № 01 (2025) · Саҳифаҳои 60-67
KICHIK BIZNES KORXONALAR IQTISODIYOTI
Mamatkulova Nodira Maxkamovna, Akramov Ruslan G‘ayrat o‘g‘li
Аннотатсия
kichik biznes korxonalari iqtisodiyoti — iqtisodiyotning o‘ziga xos va muhim segmentini tashkil etadigan kichik hajmdagi tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini o‘rganadigan soha hisoblanadi. Ushbu maqola doirasida kichik biznesning iqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan hissasi, uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, kichik biznesni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlar va imkoniyatlar tahlil qilinadi. Kichik biznes ko‘pincha o‘zining moslashuvchanligi, innovatsion yondoshuvlar va yangi ish o‘rinlarini yaratishdagi imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu korxonalar ko‘plab ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda. Kichik biznesning iqtisodiy ahamiyati shundaki, u keng miqyosdagi sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridan tortib, xizmatlar va savdo sektorigacha bo‘lgan turli sohalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va raqobatbardoshlikni oshirishda ishtirok etadi.Mavzuning dolzarbligi shundaki, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta'minlash, iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash mumkin.
kichik biznes, iqtisodiyot, barqaror o’sish, iqtisodiy tengsizlik, moliyaviy resurslar.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.