Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 5-tom 01-san (2025) · 85-92-betler
YASHIL INNOVATSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNI XORIJ TAJRIBASI
Xolmirzayeva Gulrux Akbarovna
Annotaciya
Ushbu ilmiy maqolada yashil innovatsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha xorijiy tajribalar tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida ushbu tajribalarni qo‘llash imkoniyatlari o‘rganiladi. Maqola, yashil texnologiyalar va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilgan moliyaviy mexanizmlar, ayniqsa, yashil obligatsiyalar bozori, davlat subsidiyalari va davlat-xususiy sherikchilik tizimlarining samaradorligini tahlil etadi. Tadqiqotda, Xitoy, AQSh, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarning tajribalari asosida O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘llari va bu yo‘ldagi moliyaviy imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlashda samarali moliyaviy mexanizmlarni yaratish uchun zaruriy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqiladi
yashil innovatsiyalar, moliyalashtirish mexanizmlari, yashil obligatsiyalar, davlat subsidiyalari, ekologik barqarorlik, iqlim o‘zgarishi, davlat-xususiy sherikchilik, qayta tiklanadigan energiya, ekologik texnologiyalar, xalqaro moliyaviy institutlar, yashil iqtisodiyot, ekologik muammolar, investitsiya strategiyalari
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.