Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Volume 5 Issue 01 (2025) · pp. 451-459
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARINING INVESTISIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Azizbek Xurramov
Abstract
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi korxonalarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish amaliyoti tahlil qilinadi hamda mavjud muammolar aniqlanadi. Iqtisodiyotda investitsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashda bank-moliya tizimining o‘rni, korxonalarning o‘zini-o‘zi moliyalashtirish imkoniyatlari, hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek, investitsiya loyihalarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash va resurslardan samarali foydalanishni ta'minlaydigan ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitiga mos tavsiyalar ishlab chiqiladi. Natijada, investitsiya faoliyatining institutsional va amaliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiyotga investitsiyalarni, xususan, chet el investitsiyalarini kengroq jalb etish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta’minlashga muhim hissa qо‘shadi. Bu esa, milliy iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari samaradorligini baholashga bо‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi.
investitsiya loyihasi, moliyalashtirish mexanizmi, korxona faoliyati, bank-moliya tizimi, xorijiy investitsiyalar, moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish, innovatsion yondashuv, kreditlash, davlat-xususiy sheriklik.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.