Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 5-tom 05-san (2025) · 295-301-betler
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY MEXANIZMLARI
Suvpo‘latov Ozodjon Alijon o‘g‘li, Abdupattayev Xumoyunmirzo Shuxratbek o‘g‘li, Xasanov Sardorbek Fazliddin o‘g‘li
Annotaciya
Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda global va milliy taraqqiyotning ajralmas qismiga aylanmoqda. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya jarayonining yoshlar bandligiga ta’siri nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Inson kapitali nazariyasi, raqamli tengsizlik konsepsiyasi va mehnat bozorining segmentatsiyasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Xususan, O‘zbekistonda 2020-2024 yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi, IT Park faoliyati, va “Bir million dasturchi” loyihasi asosida yoshlarni bandlik bilan ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Yoshlar bandligi, raqamli iqtisodiyot, mehnat bozori, ko‘nikmalarni rivojlantirish, axborot texnologiyalari ta’limi, inson kapitali, innovatsiya, raqamli inklyuziya.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.