Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 5-tom 06-san (2025) · 107-115-betler
Mintaqada Yashil Investitsiyalarni Moliyalashtirish Vositalari
Palvaniyazov Anvar Amatovich
Annotaciya
Ushbu maqolada yashil investitsiyalarni moliyalashtirishning ahamiyati va Xorazm viloyati misolida ularning rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Yashil investitsiyalar ekologik barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Moliyalashtirish manbalari sifatida davlat grantlari va subsidiyalari, tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan yashil kreditlar, xalqaro moliya institutlarining investitsiyalari hamda xususiy sektor sarmoyalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada Xorazm viloyatida yashil investitsiyalarni rivojlantirish uchun quyosh energiyasidan foydalanish, suv resurslarini tejash, ekologik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va chiqindilarni qayta ishlash kabi ustuvor yo‘nalishlar tahlil qilingan. Yashil investitsiyalarni kengaytirish orqali viloyatda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish va ekologik muammolarni bartaraf etish mumkinligi asoslab berilgan. Maqola davlat va xususiy sektor uchun yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
yashil investitsiyalarmoliyalashtirishekologik barqarorlikqayta tiklanadigan energiyasuv resurslarichiqindilarni qayta ishlash
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.