Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Volume 5 Issue 07 (2025) · pp. 122-129
HUDUDLAR IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI NOMUTANOSIBLIKLARNI EKONOMETRIK TADQIQ ETISH MASALALARI
Madaminov Sardorbek Kadamovich
Abstract
Hududiy farqlar nafaqat yalpi hududiy mahsulot, bandlik va daromadlarda, balki ta’lim, tibbiy xizmatlar, raqamlashtirish darajasi hamda innovatsion zanjirlarga qo‘shilishda ham ko‘rinadi. Shuning uchun “mintaqaviy nomutanosibliklar” tushunchasi “iqtisodiy tengsizlik”dan kengroq bo‘lib, institutsional va fazoviy o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Muallif yondashuvlariga ko‘ra, nomutanosibliklar tahlili to‘rt yo‘nalishda ko‘rinadi: iqtisodiy — daromad va unumdorlikdagi farqlar; ijtimoiy — turmush darajasi va imkoniyatlar; institutsional va siyosiy-iqtisodiy — boshqaruv sifati va institutlar samaradorligi; kompleks — ko‘p omilli hodisa sifatida iqtisodiy, ijtimoiy va fazoviy jihatlarni birgalikda tahlil qilish. Mazkur tadqiqotda hududiy nomutanosibliklarga ta’sir etuvchi omillar panel ma’lumotlar asosida baholandi.
ekonometrika, hudud, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, rivojlanishdagi nomutanosibliklar, panel ma’lumotlar, omillar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.