Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Volume 5 Issue 10 (2025) · pp. 78-86
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA AI ASOSIDA ICHKI AUDIT SIFATINI TAKOMILLASHTIRISH
Diyorbek Mamarasulov Alijon o‘g‘li
Abstract
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (AI) asosida ichki audit sifatini takomillashtirish masalalari yoritiladi. Raqamlashtirish jarayonlari korxonalarda ma’lumotlarni real vaqt rejimida yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirayotgani, sun’iy intellekt esa auditning an’anaviy usullariga nisbatan ancha chuqur, tezkor va aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan tahliliy yondashuvlarni taqdim etayotgani ta’kidlanadi. Tadqiqotda AI vositalari – mashinaviy o‘rganish, data analytics - ma’lumotlar tahlili, anomaly detection - g‘ayrioddiy holatlarni aniqlash, process mining - jarayonlarni tahlil qilish texnologiyasi kabi texnologiyalarning ichki audit jarayonlariga integratsiyasi natijasida risklarni oldindan aniqlash, nazorat muammolarini erta bosqichda aniqlash, xatoliklarni avtomatik aniqlash va audit samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, AI asosida shakllangan raqamli audit muhiti auditorning rolini qayta ko‘rib chiqish, kompetensiyalarni yangilash va audit metodologiyasini zamonaviylashtirish zaruratini yuzaga keltirishi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni ichki audit tizimiga to‘liq integratsiya qilish korxonalarda audit sifati, shaffoflik va hisobdorlik darajasini sezilarli ravishda oshiradi.
ichki audit, sun’iy intellekt, audit sifati, mashinaviy o‘rganish, data analytics, process mining, risklarni boshqarish, raqamli audit, avtomatlashtirilgan tahlil.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.