Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 5-jild 11-son (2025) · 100-107-betlar
SUG‘URTA TIZIMIDA SHAXSIY SUG‘URTANING TUTGAN O‘RNI
Bazarov Zakir Xonqulovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada sug‘urta tizimida shaxsiy sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, shaxsiy sug‘urtaning aholining hayoti, sog‘lig‘i va mehnatga layoqatini moliyaviy himoyalashdagi roli, uning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni hamda iqtisodiy xavflarni kamaytirish mexanizmlari yoritib beriladi. Tadqiqot davomida shaxsiy sug‘urtaning sug‘urta bozoridagi ulushi, rivojlanish tendensiyalari va unga ta’sir etuvchi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, shaxsiy sug‘urtaning jamg‘arish va investitsion funksiyalari, aholining sug‘urta madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati hamda milliy sug‘urta tizimini rivojlantirishdagi strategik roli asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shaxsiy sug‘urtani takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
sug‘urta tizimi, shaxsiy sug‘urta, hayot sug‘urtasi, sog‘liqni sug‘urtalash, ijtimoiy himoya, moliyaviy barqarorlik, sug‘urta bozori
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.