Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-tom 01-san (2026) · 17-25-betler
MOLIYAVIY INKLYUZIYA DARAJASINING IJTIMOIY TABAQALANISHGA TASIRINI BAHOLASH
Adashaliyev Baxtiyorjon Valisher oʻgʻli
Annotaciya
Ushbu maqolada moliyaviy inklyuziya darajasining ijtimoiy tabaqalanish dinamikasiga taʼsirini baholashning zamonaviy uslubiy yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqotda koʻp oʻlchovli moliyaviy inklyuziya indekslarini shakllantirish metodologiyasi, Gini koeffitsienti va boshqa tengsizlik koʻrsatkichlari bilan integratsiyalash usullari koʻrib chiqilgan. Empirik tahlil asosida moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatining kengayishi daromad tengsizligini kamaytirishga ijobiy taʼsir koʻrsatishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan Oʻzbekiston uchun moliyaviy inklyuziya strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.
moliyaviy inklyuziya, ijtimoiy tabaqalanish, Gini koeffitsienti, daromad tengsizligi, koʻp oʻlchovli indeks, asosiy komponentlar tahlili, rivojlanayotgan mamlakatlar.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.