Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 01-нөмір (2026) · 89-96-беттер
Agroklasterlar Boshqaruv va Moliyaviy Hisobida Mahsulot (Ish, Xizmat)lar Sotish Jarayoni Hisobini Takomillashtirish
Eshmuradov Ulug‘bek Tashmuratovich
Аңдатпа
Jahon amaliyotida agroklasterlar faoliyatini huquqiy jihatdan kafolatlash, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilgan. Shu bilan birga, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bozor talablariga to‘liq javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan birga uni o‘z vaqtida sotish lozim. Buning uchun xo‘jalik mexanizmining barcha elementlari mukammal bo‘lishi va faoliyat ko‘rsatishi maqsadga muvofiq bo‘lib, sotish jarayoni hisobini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Agroklasterlarda sotish jarayonlarining buxgalteriya hisobini takomillashtirish, boshqaruvning axborot ta’minotini yaxshilanishiga va etishtirilgan mahsulotlarni o‘z vaqtida sotilishiga olib kelib, natijada subyekt ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Mazkur maqolada buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari asosida agroklasterlar boshqaruv va moliyaviy hisobida mahsulot (ish, xizmat)lar sotish jarayoni hisobini takomillashtirish masalalari bayon qilingan.
Agroklasterlar faoliyatixo‘jalik yurituvchi subyektsotish jarayoni hisobiboshqaruv va moliyaviy hisob9419–“Umum sotish xarajatlari” schyotitransfert baho
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.