Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 02-сан (2026) · 73-79-беттер
RAQAMLI MONITORING TIZIMINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH UCHUN IQTISODIY KO‘RSATKICHLAR
Homidov Hamdam Hasan o‘g‘li
Аннотация
Ushbu tadqiqot raqamli monitoring tizimining ekologik qo‘riqxonalarda joriy etilishi va uning iqtisodiy samaradorligini baholash masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda raqamli monitoring orqali ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarini optimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Bevosita va bilvosita iqtisodiy ta’sirlar, jumladan xarajatlarni kamaytirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ekologik xavflarni erta aniqlash natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy foyda ko‘rsatib berildi. Baholashda xarajat–foyda tahlili, iqtisodiy-matematik modellar va solishtirma ko‘rsatkichlardan foydalanildi. Shuningdek, raqamli ma’lumotlar bazasini integratsiyalash modeli hamda ekotizim xizmatlarini baholashga oid funksional yondashuv ishlab chiqildi. Natijalar raqamli monitoring tizimi ekologik boshqaruvda iqtisodiy jihatdan maqbul va barqaror yechim ekanligini tasdiqlaydi.
raqamli monitoring, iqtisodiy samaradorlik, ekologik qo‘riqxona, xarajat–foyda tahlili, ekotizim xizmatlari, ma’lumotlar bazasi, boshqaruv optimallashtirish.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.