Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Том 6 № 02 (2026) · с. 149-161
O’ZBEKISTON BANK TIZIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING MOLIYAVIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Saidov Elyor Ilxomovich
Аннотация
Ushbu maqola O’zbekiston tijorat banklarining 2020–2024-yillar oralig’idagi moliyaviy samaradorlik dinamikasini kompleks ilmiy-empirik tahlil qilishga bag’ishlangan. Tadqiqotda kapital bazasi, rentabellik (ROA, ROE), sof foizli marja (NIM), operatsion samaradorlik (CIR), aktivlar sifati (NPL) va likvidlik ko’rsatkichlari (LCR) kabi asosiy moliyaviy ko’rsatkichlar 5 yillik retrospektiv tahlil asosida o’rganilgan. Tahlil natijalari O’zbekiston banklari aktivlar rentabelligining (ROA — 2,7%) Yevropa (0,5%), Shimoliy Amerika (1,2%) va Osiyo (1,0%) banklarinikidan sezilarli darajada yuqori ekanini ko’rsatdi. Raqamli transformatsiya natijasida onlayn-banking foydalanuvchilari 4,2 mlndan 16,3 mlnga yetib, raqamli operatsiyalar ulushi 42,5% dan 79,2% gacha oshgani aniqlandi. Maqolada muammoli kreditlar (NPL) ulushining 6,4% dan 2,9% gacha kamayishi bank tizimi sifatining sezilarli yaxshilanganini tasdiqlaydi va bank sektorining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan.
bank samaradorligi, ROA, ROE, NIM, CIR, NPL, raqamli transformatsiya, likvidlik, kapital yetarliligi, tijorat banklari, moliyaviy barqarorlik.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.