Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Volume 6 Issue 03 (2026) · pp. 48-56
O‘ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA VAQT BO‘YICHA O‘ZGARUVCHAN PARAMETRLI VAR BOG‘LIQLIK (YOKI O‘ZARO BOG‘LIQLIK) METODINI QO‘LLASHNING AHAMIYATI
Qo‘ziboyev Behzod Hamidovich
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot konsepsiyasini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashda vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan parametrli VAR (TVP-VAR) bog‘liqlik metodining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda energiya iste’moli, qayta tiklanuvchi energiya ulushi, karbon chiqindilari va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi dinamik bog‘liqliklarni aniqlash zarurati asoslab berilgan. TVP-VAR modeli iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarning vaqt davomida qanday o‘zgarishini aniqlash imkonini berishi bilan boshqa ekonometrik modellardan farqlanadi. Maqolada ushbu modelning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va yashil iqtisodiyot siyosatini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida energiya siyosati va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.
yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya, TVP-VAR modeli, ekonometrik tahlil, energiya xavfsizligi, karbon emissiyasi, iqtisodiy o‘sish.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.