Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-jild 03-son (2026) · 66-73-betlar
TADBIRKORLIK TUZILMALARI MUHITINING MOHIYATI VA TARKIBI
Dilafruz Kosimovna Mardonova
Annotatsiya
Maqolada zamonaviy iqtisodiyotda tadbirkorlik tuzilmalarining muhiti, uning mohiyati va tarkibiy elementlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadbirkorlik tuzilmalarining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, tadbirkorlik muhitiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Maqolada tadbirkorlik tuzilmalarining institutsional muhit bilan o‘zaro bog‘liqligi, ularning funksiyalari va iqtisodiy tizimdagi roli ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot natijalari tadbirkorlik tuzilmalarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda tashkiliy muhit omillarini hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi.
tadbirkorlik, tadbirkorlik tuzilmalari, tadbirkorlik muhiti, institutsional muhit, iqtisodiy tizim, raqobatbardoshlik, tashkiliy muhit, ichki va tashqi omillar, iqtisodiy rivojlanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.