Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Ҷилди 6 № 03 (2026) · Саҳифаҳои 188-203
KOʻCHMAS MULKNI OMMAVIY BAHOLASH JARAYONIDAGI METODOLOGIK MUAMMOLAR
Xushvaqtov Jasur Shuhrat o‘g‘li
Аннотатсия
Ushbu tadqiqot koʻchmas mulkni ommaviy baholash modellarining aniqligini, xususan, qiymatni matematik modellashtirish metodologiyasiga alohida eʼtibor qaratgan holda oʻrganadi. Muhokama qilingan muammolar, ayniqsa, qiymatga asoslangan soliq tizimini qoʻllayotgan davlatlar uchun dolzarbdir. Tadqiqotda ommaviy baholash modellarining samarasizligiga sabab boʻluvchi asosiy omillarni aniqlash, ularning nomuvofiqligi tufayli yuzaga kelgan yoʻqotishlarni baholash va ushbu modellarni takomillashtirish uchun samarali strategiyalarni taklif etiigan. Maqolada koʻchmas mulk qiymatiga taʼsir etuvchi asosiy omillar: mulkning maydoni va bino qurilgan davriga eʼtibor qaratgan holda, chiziqli va chiziqsiz regressiyalar oʻrtasidagi qiyosiy tahlil keltirilgan. Mavjud modellar va taklif etilgan tavsiyalar asosida takomillashtirilgan modellar oʻrtasidagi samaradorlik koʻrsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish orqali, tadqiqot tavsiya etilayotgan metodologiyaning samaradorligi oshganini namoyish etadi.
koʻchmas mulk, baholash, ommaviy baholash tizimi, matematik modellar, koʻchmas mulkni soliqqa tortish, log-chiziqli regressiya, nisbatlar tahlili, kamayib boruvchi unumdorlik qonuni.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.