Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-tom 04-san (2026) · 1-8-betler
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATINI NAZORAT QILISHDA XALQARO SERTIFIKATLASH TIZIMLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Tuychieva Begoyim Voxidjon kizi
Annotaciya
Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilishda xalqaro sertifikatlash tizimlarining iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Jumladan, ISO 22000, HACCP va GlobalG.A.P. kabi standartlarning korxonalar faoliyatiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida tahlil, qiyosiy va statistik usullardan foydalanilib, sertifikatlangan korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari baholangan. Olingan natijalarga ko‘ra, xalqaro sertifikatlash tizimlarini joriy etish eksport hajmini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilash, mahsulot yo‘qotishlarini kamaytirish va iste’molchilar ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi aniqlangan. Shu bilan birga, sertifikatlash jarayoni bilan bog‘liq xarajatlar va institutsional muammolar ham mavjudligi qayd etilgan. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
oziq-ovqat xavfsizligi, mahsulot sifati, xalqaro sertifikatlash, ISO 22000, HACCP, GlobalG.A.P., sifatni boshqarish tizimi, iqtisodiy samaradorlik, eksport salohiyati, raqobatbardoshlik, standartlashtirish, sifat nazorati.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.