Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-jild 04-son (2026) · 51-62-betlar
AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING BOZOR QIYMATINI BAHOLASH YOʻLLARI
Muradova Dildora Abdusalimovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarining bozor qiymatini baholashning nazariy asoslari, amaliy yondashuvlari va Oʻzbekiston sharoitidagi oʻziga xos muammolari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda daromadga asoslangan usullar, xususan DCF modeli, qiyosiy baholash usullari hamda aktivlarga asoslangan usullarning afzallik va cheklovlari yoritilgan. Shuningdek, Fisher, Williams, Modigliani–Miller, Sharpe, Rappaport va Copeland nazariyalari asosida korporativ qiymatni shakllantiruvchi omillar ochib berilgan. Oʻzbekiston fond bozorining likvidlik darajasi, makroiqtisodiy muhit, inflyatsiya, mamlakat riski va bank sektorining ustunligi korporativ baholashga sezilarli taʼsir etishi asoslab berilgan. Yakunda baholash tizimini modernizatsiya qilish, shaffoflikni kuchaytirish va fond bozorini chuqurlashtirish boʻyicha amaliy takliflar ilgari surilgan.
aksiyadorlik jamiyati, bozor qiymati, baholash usullari, diskontlangan pul oqimlari, DCF modeli, kapital tarkibi, WACC, CAPM, aksiyalar bozori, fond bozori likvidligi, investitsion jozibadorlik, minoritar aksiyadorlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.