Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Том 6 № 04 (2026) · с. 93-102
OʻZBEKISTONDA BEVOSITA VA BILVOSITA SOLIQQA TORTISH DARAJALARINI TARIXIY SHAKLLANISHI
Qodirov Bahodir Qudratovich
Аннотация
Maqolada Oʻzbekistonda bevosita va bilvosita soliqqa tortishning 34-yillik shakllanish bosqichlari, soliq tizimining shakllanish bosqichlaridagi nazariy va huquqiy asoslari, bevosita va bilvosita soliqlarning shakllanishining har bir bosqichida amal qilgan soliqlar tarkibi va ularning qoʻllanish amaliyoti tahlil qilingan. Maqola muallifi mamlakatimizning mustaqilligini oʻtgan davrida shakllangan bevosita va bilvosita soliqlarning oʻrni va ahamiyatini, soliqlarning oʻziga xos xususiyatlarini, muammolari va afzal jihatlarini, budjet daromadlarini toʻldirishdagi tarixiy roli va vazifalari haqida maʻlumotlar keltirgan. Shuningdek, maqolada oʻtgan davrlarda amal qilgan bevosita va bilvosita soliqlarning nazariy va huquqiy jihatlari baholanib, soliq mexanizmlaridagi muammolarni bartaraf etilish borasida amalga oshirilgan soliq islohotlari yoritib berilgan. Tadqiqotda tizimli va institutsional yondashuvlar, qiyosiy tahlil, iqtisodiy va matematik modellarga tayanilgan.
Soliq tizimi, evolyutsion tarixiy shakllanish, bevosita va bilvosita soliqlar, bevosita va bilvosita soliq tortish bosqichlari, bozor munosabatlari, global iqtisodiyot, soliq mexanizmi, soliq obʻekti, soliq bazasi, soliq toʻlovchilar.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.