Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-tom 04-san (2026) · 116-124-betler
MINTAQA IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA HUDUDIY BRENDING MEXANIZMLARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Duschanov Alisher Sherzod oʻgʻli
Annotaciya
Mazkur tadqiqotda mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda hududiy brending mexanizmlarining samaradorligini baholash masalasi koʻrib chiqildi. Xorijiy mamlakatlarning hududiy brending amaliyoti qiyosiy tahlil qilindi va Oʻzbekiston mintaqalari uchun moslashtirilgan koʻp mezonli baholash matritsasi ishlab chiqildi. Barselona, Dubay, Singapur va Bilbao tajribalari asosida muvaffaqiyatli brending strategiyalarining hal qiluvchi omillari aniqlandi. Oʻzbekiston mintaqalarida hududiy brendingning hozirgi holati tahlil etildi hamda investitsiya jalb etish, turizm va raqamli marketing koʻrsatkichlari boʻyicha mintaqaviy tafovutlar baholandi. Tadqiqot natijalari asosida mintaqaviy brending samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
hududiy brending, mintaqaviy iqtisodiyot, joy marketingi, brend identifikatsiyasi, raqobatdosh ustunlik, investitsiya muhiti, turizm potensiali, raqamli marketing, baholash matritsasi, mintaqaviy rivojlanish, joy jozibadorligi, strategik rejalashtirish, brend kapitalining qiymati, eksport salohiyati.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.