Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 04-сан (2026) · 139-144-беттер
SUG‘URTA TASHKILOTLARI DAROMADLARINI HISOBGA OLISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Egamberdiyeva Hilolaoy Olimjon qizi
Аннотация
Mazkur tadqiqot sug‘urta tashkilotlarida daromadlarni hisobga olishning ustuvor yo‘nalishlarini, ularni moliyaviy hisobotda aks ettirish mexanizmlarini hamda zamonaviy buxgalteriya standartlari asosida e’tirof etish tamoyillarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishda sug‘urta mukofotlari, investitsion faoliyatdan olingan daromadlar va qayta sug‘urtalash operatsiyalaridan tushumlarni hisobga olishning o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Shuningdek, daromadlarni to‘g‘ri tasniflash, risklarni baholash, majburiyatlarni diskontlash hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish jarayonlarining ahamiyati asoslab berilgan. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, xususan IFRS 17 talablari asosida sug‘urta shartnomalari bo‘yicha daromadlarni tan olishning yangi konseptual yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot yakunida sug‘urta tashkilotlarida daromadlarni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish, shaffoflikni kuchaytirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
sug‘urta kompaniyalari, daromad hisobi, sug‘urta mukofoti, investitsiya daromadi, qayta sug‘urtalash, moliyaviy hisobot, IFRS 17, moliyaviy barqarorlik, risklarni baholash, buxgalteriya hisobi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.