Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Ҷилди 6 № 04 (2026) · Саҳифаҳои 205-214
SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI RAGʻBATLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI
Xusanova Maloxat Mengnorovna
Аннотатсия
Mazkur maqolada sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional mexanizmlar tizimli tahlil qilindi. Tadqiqotda institutsional iqtisodiyot va milliy innovatsion tizim nazariyalari asosida konseptual yondashuv ishlab chiqildi. Xalqaro tajriba misolida soliq imtiyozlari, davlat moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi, davlat-xususiy sheriklik va texnologiyalar transferi institutlarining samaradorligi qiyosiy baholandi. Oʻzbekistonning Global innovatsion indeksdagi oʻrni va innovatsion ortiqcha samaradorlik holati tahlil qilindi. Natijada sanoat korxonalari uchun institutsional mexanizmlar majmuasining optimal tarkibi asoslandi. Moliyaviy ragʻbatlar, infratuzilma, inson kapitali va boshqaruv sifati oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik aniqlandi. Tadqiqot natijalari institutsional koordinatsiyani kuchaytirish va innovatsion muhitni takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qildi.
institutsional mexanizm, innovatsion faoliyat, sanoat korxonasi, milliy innovatsion tizim, soliq imtiyozlari, texnologiya transferi, Oʻzbekiston.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.