Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 04-сан (2026) · 215-222-беттер
MINTAQAVIY IQTISODIY OʻSISHDA TIBBIY TURIZMNING MULTIPLIKATIV TAʼSIRINI BAHOLASH METODIKASI
Yusupova Mehribon Oʻktamovna
Аннотация
Maqolada mintaqaviy iqtisodiy oʻsishda tibbiy turizmning multiplikativ taʼsirini baholash metodikasi ishlab chiqildi. Tadqiqotda Keyns multiplikatori, Archer modeli va kirish-chiqish tahlili integratsiyalangan yondashuv asosida qoʻllanildi. Tibbiy turizm xarajatlari tarkibiy qismlarga ajratilib, toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita va indutsiyalangan taʼsirlar hisoblandi. Hisob-kitoblar natijasida mintaqaviy multiplikator koeffitsiyenti 1,82 darajasida aniqlanib, tibbiy turizm xarajatlarining yuqori iqtisodiy samaradorligi asoslandi. Natijalar tibbiy turizmning xizmatlar eksporti, bandlik va hududiy daromad shakllanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatganini tasdiqladi. Tadqiqot yakunida mintaqaviy siyosatni takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
tibbiy turizm, multiplikator, mintaqaviy iqtisodiyot, xizmatlar eksporti, iqtisodiy oʻsish, Archer modeli, Keyns nazariyasi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.