Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-tom 05-san (2026) · 29-35-betler
KREDIT RISKI TUSHUNCHASI, IQTISODIY MOHIYATI VA TURLARI
Asadov Qodirjon Nasirovich
Annotaciya
Mazkur maqolada tijorat banklarida kredit risklarini boshqarish tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari kompleks tarzda tahlil etilgan. Kredit riski bank faoliyatida ustuvor xavf turlaridan biri sifatida qaralib, u qarz oluvchining o‘z kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyatiga bevosita bog‘liq bo‘lgan noaniqliklarni ifodalaydi. Shu bois, ushbu riskni samarali boshqarish tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda kredit riskini baholashning zamonaviy yondashuvlari, xususan, kredit skoring tizimlari va raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari asoslab berilgan. Shuningdek, kredit portfelini diversifikatsiya qilish, uzluksiz monitoring tizimlarini joriy etish hamda asoslangan kredit limitlarini belgilash orqali risklarni kamaytirish imkoniyatlari yoritilgan.
Kredit, foiz, moliyaviy vositalar, bank tizimi, kredit portfelini, investor, kredit risklari, ipoteka kreditlari, mikroqarzlar, avtokreditlar, iste’mol kreditlari, kichik va o‘rta biznes, lizing va faktoring, mikrokreditlar, sindisiyalashtirilgan kreditlar.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.