Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби Volume 6 Issue 05 (2026) · pp. 118-127
AHOLIGA SAVDO XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISHNING HUDUDIY IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Jurayev Suxrobjon Saloxiddin o‘g‘li
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonning barcha viloyatlari bo‘yicha savdo xizmatlari sohasini raqamlashtirish jarayonining hududiy iqtisodiy samaradorlikka ta’siri keng ko‘lamli statistik ma’lumotlar asosida o‘rganiladi. Tadqiqot 2019–2023 yillar davomida e-tijorat hajmi, raqamli to‘lov ulushi va hududiy YaIM o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni korrelyatsion-regressiv tahlil yordamida aniqlaydi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, savdo xizmatlarini raqamlashtirish operatsion xarajatlarni 59,4%, xizmat ko‘rsatish vaqtini esa 66,3% ga kamaytiradi, daromad o‘sish sur'atini esa 3,2% dan 18,7% ga yetkazadi. Maqolada hududiy raqamlashtirish tafovutlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan 7 ta siyosat tadbiri taklif etiladi.
raqamlashtirish, savdo xizmatlari, hududiy iqtisodiy samaradorlik, e-tijorat, hududiy tafovut, raqamli to‘lov, logistika, kichik va o‘rta biznes, O‘zbekiston.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.