Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 05-нөмір (2026) · 276-282-беттер
RAQAMLI INVESTITSIYA PLATFORMALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)
Ibodullayev Dilshod Ibragimovich
Аңдатпа
Maqolada raqamli investitsiya platformalarining nazariy asoslari hamda ularni Xorazm viloyati sharoitida rivojlantirish usullari tahlil qilindi. Tadqiqotda viloyatning investitsiya faolligi, xizmat ko‘rsatish sohasi va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi dinamikasi rasmiy statistik ma’lumotlar asosida baholandi. Tahlillar raqamli platformalar aholining bo‘sh mablag‘larini investitsiyaga jalb qilish, hududlararo tafovutni kamaytirish va moliyaviy qamrovni kengaytirishda muhim instrument ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, platformalarni rivojlantirish uchun institutsional muhit, raqamli infratuzilma va moliyaviy savodxonlik omillari muhim ahamiyat kasb etgani aniqlandi. Tadqiqot yakunida platformalarni fond bozori bilan integratsiyalash, mikroinvestitsiya mexanizmlarini joriy etish hamda raqamli moliyaviy xizmatlarni hududiy kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
raqamli investitsiya platformalari, fintex, investitsiya, moliyaviy qamrov, raqamli iqtisodiyot, Xorazm viloyati, fond bozori, mikroinvestitsiya.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.