Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-tom 03-san (2026) · 221-232-betler
OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALARI INNOVATSION SALOHIYATI DARAJASIDAGI HUDUDIY NOMUTANOSIBLIKLARNI IQTISODIY-STATISTIK VA EKONOMETRIK BAHOLASH METODOLOGIYASI
Dadamirzayev Muzaffar Xabibullayevich
Annotaciya
Oziq-ovqat sanoati korxonalari innovatsion salohiyati darajasidagi hududiy nomutanosibliklarni aniqlash mintaqaviy iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada innovatsion salohiyatni iqtisodiy-statistik va ekonometrik baholashning metodologik asoslari yoritiladi. Tadqiqotda investitsion faollik, texnologik yangilanish, mehnat unumdorligi, ilmiy-texnik infratuzilma va ishlab chiqarish samaradorligi indikatorlari asosida hududiy tafovutlarni baholash yondashuvi taklif etiladi. Natijalar oziq-ovqat sanoati korxonalarida innovatsion rivojlanish notekisligini chuqur tahlil qilish va hududiy boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash imkonini beradi.
oziq-ovqat sanoati, innovatsion salohiyat, hududiy nomutanosiblik, ekonometrik baholash, iqtisodiy-statistik tahlil, mintaqa iqtisodiyoti, integral indeks, texnologik yangilanish, investitsiya, boshqaruv metodologiyasi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.