Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби 6-том 06-нөмір (2026) · 43-52-беттер
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH ORQALI KICHIK BIZNES SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI
Qodirov Azizjon Anvarovich, Salaydinov Shodiyor Nizom o‘g‘li
Аңдатпа
Mazkur maqolada tadbirkorlik faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali kichik biznes samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda elektron tijorat, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, raqamli marketing, bulutli texnologiyalar va ma’lumotlar tahlili kabi vositalarning kichik biznes subyektlari faoliyatiga ta’siri nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganildi. O‘zbekiston va xalqaro tajriba misolida 2021–2025-yillarda raqamlashtirish jarayonlarining asosiy tendensiyalari tahlil qilindi. Natijalar raqamli texnologiyalarni bosqichma-bosqich va strategik asosda joriy etgan korxonalarda operatsion xarajatlar qisqarishi, mijozlar bazasi kengayishi, savdo hajmi oshishi va boshqaruv qarorlarining sifati yaxshilanishini ko‘rsatdi. Maqolada kichik biznesda raqamli transformatsiyani jadallashtirish, raqamli savodxonlikni oshirish, kiberxavfsizlikni mustahkamlash va davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
kichik biznes, tadbirkorlik, raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish, elektron tijorat, raqamli marketing, avtomatlashtirish, iqtisodiy samaradorlik.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.